Biz haqimizda
O'tmish va bugun
Zarafshon Parkside mehmonxonasi Samarqand mehmondo'stligining haqiqiy marvarididir. Mehmonxonamiz shahrimizning tarixiy bir qismida joylashgan bo'lib, UNESCO tomonidan ximoyalangan. 1959 yilda qurilgan mehmonxona, baland ustunlar bilan bezatilgan ta'sirchan neo-klassik fasadi bilan hayratga soladi. Uzun tarix bilan birga xotiralar ham keladi. Zarafshon Parkside’da bu xotiralar ko'plab nufuzli shaxslar va mashhurlar bilan bog'liq bo'lib, ular o'z vaqtida bu yerda mehmon bo'lishgan
Biroq, xotiralar bilan yashash yetarli emas, shuning uchun Zarafshon Parkside bugungi kunda yangilangan holda tarix yaratishga tayyor. Yangi boshqaruv va xalqaro standartlarga mos tizim, yangi shinam xonalarda joylashtirish bilan bu Samarqand marvaridi yana bir bor yorqin yulduz kabi porlaydi
Chiroyli binolar va sinchkovlik bilan bezatilgan xonalar Zarafshon Parkside’ni maxsus qiluvchi omillardan faqat boshlanishidir. Mukammal xizmat darajasi, ajoyib taomlar va ichimliklar hamda bepul yuqori tezlikdagi internet kabi qulayliklar ham mavjud
Detallarga bo'lgan e'tibor, yangi energiya va tajriba yordamida rivojlanib, barcha mehmonlarga individual yondashuvni taqdim etgan Zarafshon Parkside mehmonxonasi Samarqanddagi zamonaviy Ipak yo'li oazisidir