Joylashishi va Tarixi
Ko'p asrlik tarix
Samarqanddagi mehmonxona
Markazda joylashgan
Zarafshon Parkside mehmonxonasida qolib, siz Samarqanddagi barcha tarixiy obidalar va qulayliklarga yaqin bo‘lasiz. Mehmonxona markaziy park yonida joylashgan. Shahar ichida bu ulug'vor voha ideal dam olish uchun joy.
Bundan tashqari, bu sehrli shaharga tashrif buyurish uchun nima sabab bo'lishidan qat'i nazar, deyarli barcha diqqatga sazovor joylarga piyoda masofada joylashgan. Ishbilarmon sayohatchimisiz, dam olmoqchi bo‘lgan sayyoh bo‘lasizmi yoki oilangiz bilan ziyoratga borgan bo‘lsangiz, Zarafshon Parkside atrof hududi sizga yoqadi.
Samarqand
O'zbekiston iftixori
Bugun Samarqand islom madaniyati va ilm-fanining tarixiy markazi bulib qolmay, shuningdek, 600 000 dan ortiq aholisiga ega jonli shahar va O'zbekistonning ikkinchi yirik shahri. Ishbilarmonlar uchun tez-tez tashrif buyuradigan va muhim ma'muriy markaz bo'lgan Samarqand har tomondan odamlar uchun qulay manzil bo'lib qolmoqda. Uning go'zalligi va tarixidan bahramand bo’lgan kishilar xalqining mehribonligi va iliqligini e'tiborsiz qoldira olmaydi.